Qozogʻiston neft qazib olishni yiliga 100 mln tonnaga oshirishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Mamlakatda so‘nggi 30 yilda neft qazib olish hajmi 3 barobarga oshgani ta’kidlandi
Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Xorijiy investorlar kengashining 36-yalpi majlisida mamlakat neft qazib olishni yiliga 100 million tonnaga oshirishni rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Toqayev mamlakatga sarmoya kiritgan xalqaro neft kompaniyalarining oʻrni muhim ekani va bu soʻnggi 30 yilda neft qazib olish hajmini 3 baravarga oshirishga imkon berganini ta’kidladi.

Shuningdek, Qozogʻistonda neft-kimyo sanoatini rivojlantirishga ham e’tibor qaratilmoqda. 2022-yilda polipropilen ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirilib, hozirda ichki talabning 60 foizini qondirib, Yevropa, Turkiya va Xitoyga mahsulot eksport qilinayotgani aytildi.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Qozogʻiston soʻnggi olti yil ichida geologiya-qidiruv ishlariga $1 milliarddan ortiq xususiy investitsiyalar jalb qilingan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston – Qozogʻiston biznes forumida $352 millionlik shartnomalar imzolangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek