«Omad sugʻurta» Oʻzbekiston bozorini tark etishga qaror qildi

eʼlon qilindi
Litsenziya 2024-yil 2-noyabrdan bekor qilindi
Foto: AntonMatyukha/Depositphotos.com

«Omad sug‘urta» AJ sugʻurta kompaniyasiga berilgan litsenziya bekor qilindi. Bu haqda ILMA matbuot xizmati xabar berdi. Kompaniya o‘z ixtiyori bilan faoliyatni tugatishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi.

ILMA Kursiv Uzbekistan’ga kompaniya o‘z ixtiyori bilan faoliyatni tugatishga qaror qilganini ma’lum qildi.

ILMA 2024-yil 1-noyabrdagi tegishli qaroriga asosan, «OMAD SUGʻURTA» AJ umumiy sugʻurta sohasining 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16 va 17 klasslari boʻyicha ixtiyoriy sugʻurta faoliyatini amalga oshirish boʻyicha berilgan 2022-yil 22-iyuldagi 033072-sonli litsenziyasi 2024-yil 2-noyabrdan bekor qilindi.

«Ilgari tuzilgan sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalari boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart», – deb qo‘shimcha qildi agentlik.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Semurg insurance sug‘urta kompaniyasi jarimaga tortilgan edi.

Shuningdek