Yangiliklar

OPEK+ neft qazib olishni qisqartirish rejimini uzaytirdi

Yil oxirigacha
Foto: DeminPan / www.depositphotos.com

Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotining kengaytirilgan tarkibi (OPEK+) neft qazib olishni ixtiyoriy ravishda qisqartirish rejimini dekabr oyi oxirigacha uzaytirdi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.

Ushbu bayonotga Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Iroq, Kuvayt, Qozogʻiston, Rossiya, Ummon va Jazoir mamlakatlari qoʻshildi.

Ushbu davlatlar kuniga 2,2 mln barrel neft kam qazib olishda davom etadi. OPEK+da ixtiyoriy moslashtirishlar toʻgʻrisidagi kelishuv 2023-yil noyabr oyidan boshlab amal qilinmoqda.

OPEK – neft eksport qiluvchi davlatlar tomonidan xomashyo qazib olish kvotalarini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan xalqaro hukumatlararo tashkilot bo‘lib, 12 a’zodan iborat. Bundan tashqari, OPEKning norasmiy ish formati – OPEK+ mavjud boʻlib, unda yana 11 ta davlat ishtirok etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi ham neft bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotgani haqida yozgan edi.