Ulug‘bek Tavakkalov Madad Invest bank boshqaruv raisi lavozimidan yetti oydan so‘ng ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Yagona korporativ axborot portalida xabar berildi.
Mehnat shartnomasi tomonlarning kelishuviga binoan bekor qilindi. Endi boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Safarali Rahmatullayev bajaradi.
Tavakkalov Madad Invest bankda yetti oy rahbarlik qildi. Shu davrda bank rebrending jarayonini boshlagan. 2024-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, bank aktivlari 509 mlrd so‘mni tashkil etib, O‘zbekiston banklari orasida 31-o‘rindan joy oldi.
Kursiv Uzbekistan reytingiga ko‘ra, bank 27-o‘rinda joylashgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda Mybank tashkil etilishi haqida xabar bergan edi.