7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qoʻllanildi

eʼlon qilindi
2 ta to‘lov tashkiloti va 2 ta to‘lov tizimi operatorlariga ham tegishli choralar ko‘rildi
Foto: Plusworld.ru

Shu yilning oktabr oyida Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi 32 ta masalani koʻrib chiqdi. Bu haqda regulyator Telegram sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, roʻyxatga olish va ruxsat berish, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlar va mikromoliya tashkilotlariga berilgan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari, shuningdek, muhim xodimlarining nomzodlari tekshirildi.

Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan o‘rganilgan 16 ta masala, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid tegishli qarorlar qabul qilindi. O‘rganish natijasida 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Bundan tashqari, 2 ta toʻlov tashkiloti va 2 ta toʻlov tizimi operatorining ustav kapitali hamda tashkiliy-huquqiy shakliga qoʻyilgan talablar bajarilmagani uchun ham tegishli choralar ko‘rildi. Shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash va bank tizimlarida axborotlarni himoya qilish borasida 4 ta tijorat bankiga nisbatan ogohlantirishlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tezpul online mikromoliya tashkiloti paydo bo‘lgani haqida yozgan edik.

Shuningdek