Yangiliklar

Oq uy apparati rahbari birinchi marta ayol bo‘lishi mumkin

Donald Tramp ma’lum qildi
Foto: Cnn.com

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimga kirishishi bilan Syuzi Uayls Oq uy apparati rahbari lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘lishini aytdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Uayls Trampning 2016 va 2020-yilgi saylov kampaniyalarida katta rol o‘ynagan va 2024-yilgi saylov kampaniyasini boshqargan.

Tramp Syuzining professionalligi, innovatsion yondashuvi va siyosiy karyerasiga qo‘shgan katta hissasini qayd etdi.

«Syuzi Uayls menga Amerika tarixidagi eng katta siyosiy g‘alabalardan biriga erishishimga yordam berdi va 2016 va 2020-yillardagi muvaffaqiyatli kampaniyalarimning ajralmas qismi bo‘ldi. Syuzi qattiqqo‘l, aqlli, innovatsion va hammaning hurmatiga sazovor shaxs. Syuzi Amerikani yana buyuk qilish uchun tinmay mehnat qilishda davom etadi. Syuzini Qo‘shma Shtatlar tarixidagi birinchi ayol shtab boshlig‘i sifatida tanishtirish juda sharafdir», – deydi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Maskni «superdaho» deb ataganidan keyin Tesla aksiyalari koʻtarilgan edi.