Elektr energiyasi cheklovlarsiz yetkazib beriladi – Energetika vazirligi
Joriy yilning 15-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yig‘ilish yakunlari bo‘yicha noyabr oyida sovuq tufayli davlat rahbari mutasaddilarga uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergan.
Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida noyabr oyida ob-havo sovigani sabab aholi uchun ham, iqtisodiyot tarmoqlari uchun ham energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash uchun zaxiralar, jumladan, gaz omboridan gaz jalb qilinganini ma’lum qildi.
Shuningdek, barcha energetika quvvatlarini ishga tushirib, qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan elektr energiyasi tovar aylanmasini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Bundan tashqari, mas’ul O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida harorat -10, -20 darajagacha pasayganda oylar va tumanlar kesimida harakatlar rejasi tayyorlanganini ma’lum qilgan.
Shu bilan birga, rahbar mas’ul organlarning vazifalari qazib olish, magistral tarmoqlar, tashish va har bir stansiyaning ishigacha belgilanganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyani barpo etishi haqida xabar bergan edi.