Qishda oʻzbekistonliklar qaysi mamlakatlarda dam olishni rejalashtirmoqda
eʼlon qilindi
Aviasales bu haqda ma’lumot berdi
O‘zbekistonliklar qishda dam olish uchun issiq iqlimli mamlakatlarni afzal ko‘rmoqda. Bu haqda Aviasales matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga xabar berdi.
Yil davomida O‘zbekiston fuqarolari orasida Dubay va Abu-Dabi shaharlariga qiziqish ortdi, deb xulosa qilmoqda ekspertlar.
Aviasales ma’lumotlariga ko‘ra, Malayziyaning Kuala-Lumpur shahri, Indoneziyaning Bali oroli va Qozog‘istonning Olmaota shahri ham o‘zbekistonliklar orasida mashhur sayyohlik yo‘nalishlaridan bo‘lib qolmoqda.
Qayd etilishicha, yil davomida o‘zbekistonliklar orasida xorijga aviachiptalarga bo‘lgan talab 14 foizga oshgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘n oy ichida O‘zbekistonga 6,5 million xorijiy sayyoh tashrif buyurgani haqida yozgan edi.