«Titanik» kemasi yoʻlovchilarini qutqargan kishining soati auksionda sotildi
Tiffany & Co tomonidan ishlab chiqarilgan oltin qimmatbaho cho‘ntak soati «Henry Aldridge and Son» auksionida deyarli $2 millionga sotildi. Ushbu buyum ilgari «Titanik» layneri yoʻlovchilarini qutqarishga rahbarlik qilgan «Karpatiya» kemasi kapitani Artur Rostronga tegishli boʻlgan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Rostron ushbu soatni «Titanik»dan omon qolgan yo‘lovchilar tomonidan sovg‘a sifatida olgan. Afsonaviy laynerning halokat signali bilan yetib kelgan «Karpatiya» kemasi 700 dan ortiq odamlarni qutqarib qolgan deb taxmin qilinadi.
Mazkur soat 1,56 million funt sterlingga ($1,97 million) sotilib, «Titanik» bilan bog‘liq esdalik buyumlari bo‘yicha rekord summa sifatida qayd etildi. Yangi egasining ismi oshkor qilinmadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Indiana Jons filmining qahramoni kiygan shlyapaning auksionda sotilishi haqida yozgan edi.