Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Uz Chasys» MChJ ustav kapitalidagi 70% davlat ulushini sotuvga qo‘yganini e’lon qildi.
Unga ko‘ra kompaniya 2008-yilda tashkil etilgan bo‘lib, avtomobillar uchun elektr yoritish tizimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Ustav fondi deyarli 13 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Kompaniya ustav kapitalining 30% ulushiga Koreyaning «AMS Co. LTD» kompaniyasi egalik qiladi. Ular ham o‘z ulushini Davaktiv agentligi bilan bir vaqtda sotishga tayyorligini bildirgan.
Savdo jarayoni ochiq raqobat asosida amalga oshiriladi. Xaridorlar korxonaning asosiy faoliyatini kamida 10 yil davomida saqlab qolishlari, ish o‘rinlarini 2 yil mobaynida qisqartirmasliklari va litsenziya kelishuvlariga rioya qilishlari talab etiladi.
Arizalar 2024-yil 17-dekabr soat 18:00 gacha munir.yakubov@piamg.uz elektron pochta manzilida qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ikkita don zavodining davlat aksiyalari sotuvga qo‘yilgan edi.