Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi oʻyinda qiyin gʻalabaga erishdi

eʼlon qilindi
Uchrashuvdagi yagonaga golga 44-daqiqada Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi
Foto: O‘FA

Futbol boʻyicha Jahon chempionati saralashining 3-bosqichi 6-turidan oʻrin olgan uchrashuvda Oʻzbekiston terma jamoasi KXDRni minimal 1:0 hisobida taslim etdi.

Uchrashuvdagi yagonaga golga 44-daqiqada Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi.

Uchrashuvning 80-daqiqasida Umar Eshmurodov jarima maydonida toʻpni qoʻli bilan oʻynadi va hakam penalti belgiladi. Shuningdek, hakam oʻzbekistonlik himoyachiga qizil kartochka koʻrsatdi. Penaltini Oʻtkir Yusupov qaytardi.

Ushbu gʻalabadan soʻng Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻz hisobidagi ochkolari sonini 13 taga yetkazdi va «A» guruhida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Qatarga magʻlub boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek