Joriy yilning 21 – 24-noyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida «Fransiya premyeralari festivali» doirasida bir nechta fransuz filmlari namoyish etiladi. Bu haqda Kinemotagrafiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Namoyishlar jadvali:
- 21-noyabr, 19:30 — «Niki» filmi
- 22-noyabr, 19:30 — «Samuray» filmi
- 23-noyabr, 16:00 — «Yangi yil hayvonlari haqida hikoyalar» filmi
- 23-noyabr, 18:00 — «Qora choy» filmi
Tadbir Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Ipak yo‘li» xalqaro kinofestivalida «O‘zbek kinosi kunlari» bo‘lib o‘tgani haqida yozgan edi.