Toshkentda IX Yevropa kinofestivali bo‘lib o‘tadi

22-noyabr 2024 12:47 eʼlon qilindi

(22-noyabr 2024 14:13 yangilandi)
Zohid Qurbonov

Zohid Qurbonov

Muxbir z.qurbonov@kursiv.media
Foto: Euro film fest

Joriy yilning 29-noyabridan 1-dekabriga qadar Milliy kino san’ati saroyida (Panorama) IX Yevropa kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zR Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi ko‘magida tashkil etiladi.

Festival Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligi doirasida madaniy muloqot va do‘stlik ramzi sifatida o‘tkaziladi.

Festival dasturi
Festival davomida turli janrlardagi filmlar, jumladan, drama, komediyalar va hujjatli filmlar namoyish etiladi. Hujjatli filmlar har kuni soat 14:00 da namoyish qilinib, texnologiya, urush oqibatlari va inson matonati kabi mavzularni yoritadi.

29-noyabr

  • 11:00 – «Suv parisi yigʻlamaydi» (Avstriya);
  • 14:00 – «Imadning bolaligi» (Shvetsiya, Iroq, Latviya, hujjatli);
  • 19:00 – «Jiguli guruhi haqidagi haqiqatlar» (Bolgariya).

30-noyabr

  • 11:00 – «Lyuksemburg, Lyuksemburg» (Ukraina);
  • 14:00 – «Lola» (Irlandiya, hujjatli);
  • 19:00 – «Aybsiz aybdor» (Sloveniya).

1-dekabr

  • 11:00 – «Birinchi qor» (Finlyandiya);
  • 14:00 – «Urush – uch ayol nigohida» (Germaniya, hujjatli);
  • 19:00 – «Xavfli janoblar» (Polsha).

Filmlar original tilda, o‘zbek va ingliz tilidagi subtitrlar bilan namoyish etiladi. Bu tomoshabinlarga filmning atmosferasiga to‘liq sho‘ng‘ish imkonini beradi.

Filmlarni tomosha qilish mutlaqo bepul. Manzil: Milliy kino san’ati saroyi (Panorama).

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda «Fransiya premyeralari festivali» bo‘lib o‘tishi haqida yozgan edi.

Shuningdek