AQShda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni 11,9 foizga oshdi
2023/2024-oʻquv yilida AQSh universitetlarida 1219 nafar oʻzbekistonlik talaba tahsil oldi, bu oʻtgan yildagiga nisbatan 11,9 foizga koʻp. Bu haqda AQSh Davlat departamenti koʻmagidagi Xalqaro Ta’lim Instituti (IIE) hisobotida ma’lum qilindi.
Unga koʻra, jami talabalarning yarmidan koʻpi 703 nafar talaba (oʻtgan yilga nisbatan +12,8 foiz), bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga, 350 nafari (+7,4 foiz) magistraturaga, 134 nafari (+55,8 foiz) tanlov boʻyicha amaliy mashgʻulotlarga qabul qilindi. Shu bilan birga, 32 talaba (-40,7 foiz) nomaqbul dasturlarga qabul qilindi.
Umumiy hisobotda 2023/2024-oʻquv yilida AQSh universitetlarida 1,1 milliondan ortiq xorijiy talabalar tahsil olgani, bu oʻtgan yildagiga nisbatan 17 foizga koʻp ekani aniqlangan.
Chet ellik talabalar soni boʻyicha yetakchi Hindiston – 331,6 ming kishi (29,4 foiz), Xitoy – 277,3 ming kishi (24,6 foiz) va Janubiy Koreya – 43,1 ming kishi (3,8 foiz). Kuchli beshlikka Kanada (28,9 ming) va Tayvan (23,1 ming) yakun yasab berdi.
Xorijiy talabalarni moliyalashtirishning asosiy manbalari shaxsiy yoki oilaviy moliya (54,5 foiz), ish beruvchining homiyligi (21,8 foiz) va AQSh universitetlari stipendiyalari (19 foiz) tashkil qiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan xorijda tahsil olayotgan talabalar soni boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda uchinchi oʻrinda ekani haqida xabar bergan edi.