22-noyabr kuni oʻtkazilgan onlayn shartnomalar chogʻida Chevrolet Cobalt avtomobili uchun 55 mingdan ortiq shartnomalar tuzildi. Bu haqda UzAuto Motors axborot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, jami 55 494 ta shartnoma tuzilgan boʻlib, shundan 55 322 tasi One ID tizimida roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxslarga, 172 tasi esa yuridik shaxslar ulushiga toʻgʻri keladi.
Shartnoma tuzilgan avtomobillarning 27 ming donasi Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS boʻlsa, 28 ming dona Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Cobalt avtomobili uchun shartnoma ochilgani haqida xabar bergan edi.