«Parkent-farm» EIZda dori-darmon ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Loyihaning qiymati $4,6 mln
Foto: Unsplash

«Parkent-farm» erkin iqtisodiy zonasida (EIZ) «YUMA BIO» MCHJ dorivor o‘tlar yetishtirish va uzum danaklaridan dori vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihasi ish boshladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Janubiy Koreya kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan loyihaning qiymati $4,6 mln boʻlib, yiliga 250 tonna mahsulot ishlab chiqarishga moʻljallangan. Joriy yilda eksport hajmi $200 mingni tashkil etadi.

Video: Toshkent viloyati hokimligi

Korxonada 46 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Kelajakda xomashyoni tayyorlash punktlari va chuqur qayta ishlash sexi qurilishi rejalashtirilmoqda, bu esa yiliga 2,5 milliard soʻmgacha ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nurafshonda malaka oshirish instituti qurilishi boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek