Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab, bitiruvchilar yangi institutning diplomi beriladi
Foto: ArturVerkhovetskiy / depositphotos.com

Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 18-noyabrdagi qaroriga muvofiq Andijon shahrida yangi oliy o‘quv yurti tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qarorda belgilanishicha, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Andijon filiali birlashtirilib, yangi institut tashkil qilinadi.

Institut avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, to‘qimachilik, qurilish, muhandislik va boshqa sanoat sohalarida kadrlar tayyorlaydi.

Xalqaro standartlar asosida talabalar bilimini baholash tizimi joriy etiladi hamda talabalar uchun xorijiy tillarda darslar alohida guruhlarda o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab, bitiruvchilar yangi institutning diplomiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Nurafshonda malaka oshirish instituti qurilishi boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek