Yangiliklar

Oʻzbekistonning BAAdagi bosh konsulxonasi Svi Kogan ishi boʻyicha munosabat bildirdi

Tafsilotlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Oʻzbekistonning Dubaydagi bosh konsulxonasi ravvin Svi Koganni oʻldirishda gumon qilinayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini ushlab turilishi munosabati bilan BAA idoralari bilan doimiy aloqada ekanini ma’lum qildi.

“Mazkur masala yuzasidan oydinlik kiritish maqsadida tegishli ishlar olib bormoqda. Tafsilotlar yuzasidan qoʻshimcha ma’lumot beriladi», – deyiladi bosh konsulxona bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, Svi Kogan 21-noyabrda BAA hududida yoʻqolgani haqida xabar bergandi. Oradan 3 kun oʻtib, 24-noyabr kuni esa shu yerdan uning jasadi topildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyicha 5 nafar shaxs hibsga olingani haqida xabar bergan edi.