O‘zbekistonda 2025-yildan davlat madaniyat tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi
eʼlon qilindi
Yil boshida 20 foizga, o‘sha yilning iyul oyi kelib yana 15 foizga oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqini oshirish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga koʻra, 2025-yil boshidan ish haqi 20 foizga, oʻsha yilning iyul oyi kelib yana 15 foizga oshiriladi.
Bundan tashqari, respublikada davlat tuzilmalari va madaniyat muassasalari xodimlarining ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilning oktabr oyi boshida Oʻzbekistonda o‘rtacha ish haqi 16,4 foizga oshib, 5,1 million soʻmga yetgani haqida yozgan edi.