Rossiya Markaziy Osiyo bilan viza rejimini joriy etishni rejalashtirmayapti

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Vizalar haqidagi gaplar – ayrim spikerlarning shaxsiy fikri, deya ta’kidladi TIV
Foto: Michael Parulava / unsplash

Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy qilmoqchi emas, dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari uchinchi departamenti direktori Aleksandr Sternik RTVI bilan suhbatda.

Viza joriy etish toʻgʻrisidagi takliflar siyosiy elitaning ayrim vakillarining shaxsiy fikridir, dedi u. Davlat rahbariyati hozircha migratsiya siyosati prinsiplarini oʻzgartirish niyatida emas.

Sternik xorijiy fuqarolarni integratsiya qilish boʻyicha mutasaddi organlar faoliyatini kuchaytirganini taʼkidladi. Diplomatning aytishicha, mehnat migratsiyasi obyektiv ravishda talab etiladigan jarayon hisoblanadi. Agar uning qonuniyligi va shaffofligi taʼminlansa, migratsiya ham yuborib turuvchi, ham qabul qiluvchi davlat uchun foyda keltiradi.

Sternikning fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda Rossiya tomoni kabi manfaatdor. Legal maqom mehnat muhojirlarining huquqlari buzilishidan himoya qiladi. Bundan tashqari, ularga davlat va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

So‘nggi oylarda Rossiya Davlat Dumasi deputati Sergey Mironov, shuningdek, biznesmen Konstantin Malofeyev Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy etishga chaqirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saxalinda muhojirlarga to‘y va dafn marosimlari tashkilotchisi sifatida ishlash taqiqlanganini yozgan edi.

Shuningdek