Chevrolet Impala avtomobili 36 yildan soʻng yaxshi holatda topildi – foto

29-noyabr 2024 11:35 eʼlon qilindi

(29-noyabr 2024 16:17 yangilandi)
post.authors.0.name

Svyatoslav Polyakov

Direktor o'rinbosari s.poliakov@kursiv.uz
Машине более
Foto: eBay

36 yil davomida toʻliq benzin baki bilan garajda turgan Chevrolet Impala avtomobili topildi. Bu haqda Autoyevolution nashri xabar berdi.

Avtomobil 1969-yilda ishlab chiqarilgan boʻlib, 350 ot kuchiga ega 5,7 litrli V8 dvigateli va uch pogʻonali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Foto: eBay

Suratdan koʻrinib turibdiki, avtomobilning ba’zi joylari zanglagan, ammo salon yaxshi saqlangan. Konditsioner yoʻq boʻlishiga qaramay magnitol bor. Endilikda avtomobil egasi uni eBayʼda $10 mingga sotishni rejalashtirmoqda.

Foto: eBay

Eslatib oʻtamiz, Impala 1960-yillarda AQShda avtomobil savdosida katta ustunlikka egalik qilgan. 1965-yilda ishlab chiqarilgan modeli eng muvaffaqiyatlisi boʻlib, bir yil ichida bir milliondan ortiq sotilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi Chevrolet Aveo taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek