Payme foydalanuvchilari yashil hududlar yaratishda millionlab ball to‘pladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Tashabbus "Urikguli" nikli bloger tomonidan ilgari surildi
Foto: Payme

Payme to‘lov tizimi foydalanuvchilari ekologik tashabbusni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 mlrd ball to‘plashdi. Bu haqda kompaniya rasmiylari Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi.

Ushbu tashabbus Instagram’da «Urikguli» niki bilan faoliyat olib boradigan ekofaol va bloger Mutabar Xushvaqtova tomonidan ilgari surildi. Natijada «Navoiyazot» AJ hududida noyabr oyida mingdan ortiq daraxtlar ekildi.

Mutabar oktabr oyida Navoiyda daraxt ekish uchun mablag‘ yig‘ishni boshladi, biroq jarayon sekin ketayotgan edi. Payme xodimlari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilib, o‘z foydalanuvchilarini ham jalb qilishdi. Bir necha kun ichida Payme Mahalla ishtirokchilari 1 mlrd ball yig‘ishga muvaffaq bo‘lishdi.

Loyiha biologlar va tuproqshunoslar ishtirokida amalga oshirildi. Ular tavsiyasiga ko‘ra, ekish joyi va iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan bog‘ uyalari tanlandi. Daraxtlar xavfsizligini ta’minlash uchun joy mahalliy hokimiyat bilan kelishildi va «Navoiyazot» ularning parvarishini o‘z zimmasiga oldi.

Payme Mahalla foydalanuvchilari nafaqat ekologik, balki ijtimoiy loyihalarda ham faol ishtirok etishmoqda. Ular yordamida maktablarga kompyuterlar, sport anjomlari va boshqa zarur jihozlar yetkazib berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida qancha ko‘chat ekilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek