Bahodir Jalolovning professional boksdagi navbatdagi raqibi ma’lum boʻldi

30-noyabr 2024 13:24 eʼlon qilindi

(30-noyabr 2024 21:15 yangilandi)
post.authors.0.name

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Foto: Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi

2025-yil 6-fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida boʻlib oʻtadigan professional boks oqshomida Bahodir Jalolov oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.

Jalolovga fransiyalik Devid Spilmont raqiblik qiladi. U Artur Biyarslanov va Mohamed Mimun oʻrtasidagi markaziy jangning anderkardida ringga chiqadi.

Jalolovning oʻzi jang haqida quyidagicha fikr bildirdi.

«Professional faoliyatimning keyingi bosqichida ekanimdan juda xursandman. 2024-yilgi Olimpiya oʻyinlarida Vatanim sharafini himoya qilgan boʻlsam, 2025-yilda superogʻir vazn toifasida jahon chempioni boʻlishni rejalashtirganman. Men uchun bu bosqich 6-fevral kuni Monrealdan boshlanadi».

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov professional boksdagi faoliyati davomida hozirga qadar 14 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Soʻnggi jangini 2023-yil 17-noyabr kuni Toshkentda JAR vakili Kris Tompsonga qarshi oʻtkazib, ilk raunddayoq nokaut orqali zafar quchgandi.

Uning boʻlajak raqibi Devid Spilmont esa shu kungacha 25 ta jang oʻtkazib, 16 gʻalaba, 8 magʻlubiyat va 1 ta durang qayd etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bektemir Meliqoʻziyev ochkolar boʻyicha gʻalaba qozongani haqida xabar bergan edi

Shuningdek