Migratsiya agentligi Turkiya kompaniyasi bilan oʻzbekistonliklarni ishga joylashtirish boʻyicha kelishuvga erishdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Birinchi bosqichda 60 nafar fuqaro shu yilning 1-dekabr kuni Turkiyaga uchib ketadi
Foto: Migratsiya agentligi

Oʻzbekiston Migratsiya agentligi Turkiyaning Kalyon Insaat Sanayi Ve Ticaret A.Ş. qurilish kompaniyasi bilan mamlakat fuqarolarini ishga joylashtirish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

29-noyabr kuni agentlik direktori Behzod Musayev Kalyon Insaat Sanayi Ve Ticaret A.Ş. vakillari bilan Turkiyadagi yirik qurilish loyihalariga Oʻzbekiston fuqarolarini jalb etish masalasini muhokama qildi.

Birinchi bosqichda 60 nafar fuqaro shu yilning 1-dekabr kuni Turkiyaga uchib ketadi. Kelishuvga koʻra, yoʻl xarajatlari, turarjoy, uch mahal issiq ovqat va maxsus kiyim va himoya vositalari ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Shuningdek, yaxshi maosh hamda mehnat huquqlari kafolatlanadi.

«Turkiyada ishga qabul qilinayotgan oʻzbekistonliklarning mehnat faoliyatini monitoring qilamiz va kelgusi yil yanvar oyida 1 350 nafar mutaxassisni Turkiya bozorida ish bilan ta’minlaymiz», – deydi Kalyon Insaat Sanayi Ve Ticaret A.Ş. kompaniyasining inson resurslarini boshqarish direktori.

Ma’lumot uchun, kompaniya 1974-yildan buyon qurilish, energetika va transport sohalarida Turkiyadagi muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda 200 mingdan ortiq oʻzbekistonlik xorijda ishga joʻnatillishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek