Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
Bugun, 30-noyabr kuni tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) rahbari etib saylandi, deb xabar bermoqda TASS.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan saylovda Usmonov 120 ta ovozga ega chiqdi. Uning raqibi Shvetsiya qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Otto Drakenberg esa 26 ta toʻpladi.
“Men xalqaro qilichbozlik oilasidan FIE prezidenti lavozimiga nomzod boʻlish qarorining toʻgʻriligiga meni ishontirgan ishonch va qoʻllab-quvvatlashi uchun minnatdorman! Men nomzodimni qoʻllab-quvvatlagan 103 ta milliy federatsiyaning fikrini e’tiborsiz qoldira olmadim va nomzodim uchun ovoz bergan har bir federatsiyaga minnatdorchilik bildiraman», – dedi FIEning yangi saylangan rahbari.
Alisher Usmonov unga qarshi cheklovlar amal qilayotganini va ular sudda e’tiroz bildirayotganini eslatdi.
“Shu munosabat bilan men har doim FIE manfaatlariga amal qilganimni va bundan buyon menga nisbatan joriy etilgan yuridik jihatdan asossiz sanksiyalarning FIE va uning faoliyatiga tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik uchun barcha zarur choralarni koʻrishimni ta’kidlayman», – dedi u.
Ma’lumot uchun, Usmonov 71 yoshda. U 2008-yildan beri FIEga rahbarlik qilgan, lekin 2022-yil 1-martda tashkilot prezidenti lavozimini ixtiyoriy ravishda tark etishga qaror qilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Usmonovning boyligi $7,3 mlrdga kamaygani haqida xabar bergan edi.