Kia India kompaniyasi yangi Kia Syrus kichik o‘lchamli krossoverini 19-dekabr kuni Hindistonda taqdim etadi. Bu haqda Avtocar India nashri ma’lum qildi.
Yanvar oyidan boshlab esa ushbu avtomobil Hindiston bozorida sotuvga chiqadi. Syrus benzin va dizel dvigatel bilan taqdim etiladi.
Syrus 120 ot kuchiga ega va 172 Nm aylanuvchi momentli bir litrli turbo benzinli dvigatel bilan taqdim etiladi. Avtomobil mexanik va yetti bosqichli avtomatik DCT uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi.
Bundan tashqari, bozorda 115 ot kuchiga ega va 250 nm aylanuvchi moment ishlab chiqaradigan 1,5 litrli dizel dvigatelli Syrus ham bo‘ladi. Dizel varianti olti bosqichli mexanik va gidrotransfor matorli olti bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi bilan (Sonetdagi kabi) taqdim etiladi.
Kia Syros krossover liniyasida Sonet va Seltos o‘rtasida joylashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kia India O‘zbekistonga eksportni oshirishi haqida yozgan edik.