Unisoc A7870 chipiga ega yangi MG Hector krossoveri taqdim etildi. Bu haqda Ithome nashri xabar berdi.
SAIC Overseas Travel va Unisoc kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqarilgan ushbu MG Hector modeli xalqaro bozorlarda sotish uchun moʻljallangan.
Unisoc A7870 – 5G tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlovchi va 6-nanometrli texnologik jarayonda ishlab chiqarilgan, intellektual kabina uchun maxsus moʻljallangan chipdir. U avtomobil sanoatining AEC-Q100 standartlariga javob beradi va -40°C dan +85°C gacha boʻlgan haroratda ishlay oladi.
Chipning grafik protsessori 850 MHz chastotada ishlaydigan 4 ta yadrodan iborat. Bundan tashqari, NPU (Neural Processing Unit) hisoblash quvvati 8 TOPS ga teng boʻlib, intellektual boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish imkoniyatini taʼminlaydi.
NPU – neyron tarmoqlar va sun’iy intellektga oid vazifalarni tezlashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan protsessor.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi Chevrolet Aveo modelining taqdimoti haqida xabar bergan edi.