Yangiliklar

Andijonda yangi qo‘shma korxona tashkil etildi

«O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ va Germaniyaning «Rhenus Group» hamkorligida
Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati

«O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ va Germaniyaning «Rhenus Group» kompaniyasi o‘rtasida «UzContargo Andijon» qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha ta’sischilar yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, prezident qarorga muvofiq, Andijon viloyatida xalqaro logistika markazi barpo etilishi belgilangan edi. Ushbu markaz konteyner poyezdlarini tashkil etish, yuklarni ortish-tushirish, saqlash hamda multimodal xizmatlarni amalga oshiradi.

Yig‘ilish davomida «O‘ztemiryo‘lkonteyner» boshqaruv raisi A.S. Kamalov va «Rhenus Group» vakili G. Kerstgens hamkorlik hujjatlarini imzoladi. Bu yangi qo‘shma korxona mintaqaviy logistika tizimini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon davlat texnika instituti tashkil etilishi haqida yozgan edik.