NATO bosh kotibi Mark Rutte Bryusselda oʻtkazilgan tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida Rossiya va Xitoy tomonidan amalga oshirilayotgan sabotaj, kiberhujumlar va dezinformatsiyaga qarshi yangi chora-tadbirlarni e’lon qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga koʻra, NATO razvedka ma’lumotlarini almashishni kuchaytirib, muhim infratuzilmani himoya qilishni yaxshilaydi.
Soʻnggi voqealar, jumladan, Boltiq dengizida telekommunikatsiya kabellarining kesilishi va Yevropadagi kuryer omborlaridagi yongʻinlar ehtimoliy sabotaj sifatida koʻrilmoqda. Rossiya va Xitoy bunday ayblovlarni rad etgan boʻlsa-da, NATO gibrid tahdidlarga qarshi kurashni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Mazkur strategiya propagandadan tortib, sabotajgacha boʻlgan tahdidlarni bartaraf etishga qaratilgan boʻlib, ittifoqchilar oʻrtasida kelishuv va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Markaziy Osiyo bilan viza rejimini joriy etishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edik.