2024-yil oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xo‘roz va tovuqlar soni 101,9 mln boshni tashkil etdi. Bu ikki yil avvalgiga nisbatan 10,4 foizga ko‘pdir.
Shu bilan birga, respublikaning har bir fuqarosiga o‘rtacha uchta tovuq to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil oktabr oyi boshidagi holatga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 37 mln kishini tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Yaponiya O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish uchun $200 mln ajratishi haqida yozgan edi.