Toshkent havosining ifloslanish darajasi salomatlik uchun zararli holatda
eʼlon qilindi
Toshkent shahri ifloslangan shaharlar reytingida 12-o‘rinda
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/12/1028391369_160_0_1182_575_1920x0_80_0_0_4e1bde6a1a4fd7573af03f4d403724c1-1024x576.jpg)
IQAir ma’lumotlariga koʻra, 5-dekabr payshanba kuni Toshkent atmosferasida PM2.5 (chang zarralari, asfalt va ogʻir metallar birikmalari) miqdori me’yordan 11,7 barobar oshgan.
Platformada qayd etilishicha, shahar havosi inson salomatligiga zararli holatda turibdi.
5 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston poytaxti havosi eng yuqori ifloslangan shaharlar reytingida 12-o‘rinni egalladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonni ko‘kalamzorlashtirish doirasida mamlakatda 50 millionga yaqin ko‘chatlar ekilgani haqida yozgan edi.