
Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti Oʻzbekistonda madaniy merosni raqamli boshqarish va undan foydalanish loyihasini qoʻllab-quvvatlashga yordam beradi. Bu haqda Oʻzbekiston Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Tomonlar tegishli bayonnomani imzoladi. Loyiha qiymati $8,5 millionga baholanmoqda. Tashabbus 2028-yilgacha moʻljallangan.
Shuningdek, loyiha doirasida raqamli madaniy merosni boshqarish boʻyicha bosh reja ishlab chiqish, mutaxassislar tayyorlash va zarur jihozlar xarid qilish rejalashtirilgan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va KOICA umumiy qiymati $300 millionlik loyihalarni ishga tushirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.