Oʻzbekiston pavilyoni Expo 2025ʼda German Design Award oltin mukofotiga sazovor boʻldi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Loyiha «Bilimlar bog‘i» deb nomlanadi
Foto: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

ATELIER BRÜCKNER arxitektura byurosi tomonidan tayyorlangan Oʻzbekiston pavilyoni Osakadagi German Design Award mukofotida oltin medalga sazovor boʻldi.

Ta’kidlanishicha, loyiha «A’lo darajadagi arxitektura — Yarmarka va koʻrgazmalar» nominatsiyasida eng yaxshi deb topildi.

Loyiha «Bilimlar bogʻi» deb nomlanib, Oʻzbekistonning madaniy merosi va uning barqaror kelajakka intilishini ifoda etadi. Me’moriy gʻoya an’anaviy oʻzbek tumoridan ilhom olingan. Dizaynda tabiiy materiallar: yogʻoch, loy va gʻishtdan foydalanilgan.

Avvalroq «Kursiv» Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi Abu-Dabi (BAA) Madaniyat va turizm departamenti bilan oʻzaro anglashuv memorandumini imzolagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek