Murodjon Ahmadaliyev meksikalik raqibini nokautga uchratib, WBA Interim kamari sohibiga aylandi

15-dekabr 2024 09:29 eʼlon qilindi

(15-dekabr 2024 12:13 yangilandi)
Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

2024-yil 14-dekabr Monako poytaxti Monte-Karloda katta boks oqshomi boʻlib oʻtdi. Kechaning markaziy jangida oʻzbekistonlik taniqli bokschi, yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) ringga chiqdi. U meksikalik tajribali bokschi Rikardo Espinosa Frankoga (30-4, 25 KO) qarshi jang qildi.

12 raundga moʻljallangan jangda WBA Interim (vaqtinchalik) chempionlik kamari tikilgan edi. Ahmadaliyev jangni jadal boshladi va 3-raunddayoq raqib ustidan toʻliq ustunlikni qoʻlga kiritdi. Shu raund davomida u Espinosani ikki marta nokdaunga tushirdi. Oxirgi zarbasidan soʻng hakam jangni toʻxtatdi va Murodjon Ahmadaliyev texnik nokaut bilan gʻalabani qoʻlga kiritib, WBA Interim chempioni boʻldi.

Jangdan soʻng Ahmadaliyev kelgusi rejalarini ma’lum qildi. U 2025-yilda yarim yengil vaznning mutlaq jahon chempioni Naoya Inouega qarshi jang qilishni intiqlik bilan kutayotganini ta’kidladi. Ahmadaliyev Inouedan qoʻrqmasligini va kamarga ega chiqish uchun tayyor ekanini bildirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroil Madrimovning dekabr oyidagi jangi bekor qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek