Oʻzbekistondan Braziliyaga ilk bor blok-poyezd yoʻlga chiqdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Poyezd O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Gruziya hududlari orqali o‘tadi
Foto: Ruslan Shamukov / TASS

11-dekabr kuni Toshkentdagi First Dry Port Terminal terminalidan Braziliyaga yoʻnalgan birinchi blok-poyezd yoʻlga chiqdi. Tarkib 54 ta qirq futli konteynerdan iborat boʻlib, ularning har biri 28 tonna karbamid bilan toʻldirilgan, deya xabar berdi Logistan.

Poyezd Oʻzbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Gruziya hududlari orqali oʻtadi. Gruziyaning Poti portida konteynerlar dengiz orqali Braziliyaning Paranagua portiga olib boradigan kemaga yuklanadi.

Qayd etilishicha, yuklar Oʻzbekiston kimyo sanoatida eksport-import operatsiyalari boʻyicha yagona agent — «Oʻzkimyoimpeks» kompaniyasi tomonidan yuborilgan.

Yukni yetkazib berishning umumiy muddati 60 kundan 70 kungacha boʻladi. Oʻzbekistondan Poti portigacha boʻlgan temir yoʻl qismi 20 kunda bosib oʻtiladi. Poti shahridan Paragua portiga dengiz transportida yetkazib berish yana 35-45 kun davom etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Margʻilon va Xitoy oʻrtasida yangi blok-poyezd qatnay boshlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek