Galaxy S25’ning taqdimoti 2025-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tadi – OAV

16-dekabr 2024 14:18 eʼlon qilindi

(16-dekabr 2024 15:57 yangilandi)
Aleksandr Ten

Aleksandr Ten

Muxbir a.ten@kursiv.media
Foto: Unsplash

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Galaxy S25 smartfoni kelasi yilning 22-yanvarida taqdim etilishi mumkin, deb xabar berdi Sammobile portali.

Boʻlajak flagman 8 Gb bilan birga 12 Gb operativ xotiraga ega boʻlishi kutilmoqda. Bunda akkumulyatorning hajmi 4 ming mAh boʻladi. Avvalgi modeldagi batareyaning sigʻimi ham xuddi shunday edi.

Shuningdek, smartfon kameralari ham oʻzgarishsiz qoladi. Frontal fotomatrisa 12 Mp, asosiy fotomatrisa esa 50 Mp oladi. Kompaniya xuddi shunday kameralarni S23 va S24ʼga oʻrnatgan.

Ma’lumotlarga koʻra, S25 Exynos 2500 yoki Snapdragon 8 Elite chipini oladi. Ba’zi insayderlarning ta’kidlashicha, Tayvanning MediaTek chipseti smartfonning «yuragi» boʻladi.

Bundan tashqari, S25 Samsungʼdan shoshilinch qoʻngʻiroqlar va xabarlarni yuborish uchun sun’iy yoʻldosh aloqasi imkoniyatiga ega smartfonlarning birinchi seriyasi boʻlishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung S25 Ultra 16 GB operativ xotiraga ega boʻlishi haqida yozgan edi.

Shuningdek