BYD kompaniyasi gumanoid robototexnika bozoriga kirishini ma’lum qildi

17-dekabr 2024 12:13 eʼlon qilindi

(17-dekabr 2024 12:34 yangilandi)
Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Foto: Ubtech Robotics

BYD kompaniyasi gumanoid robototexnika bozoriga kirishini rasman e’lon qildi va Embodied Intelligence tadqiqot guruhiga mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha global kampaniyani boshladi.

Ta’kidlanishicha, kampaniya 2025-yilda dunyoning yetakchi universitetlaridan magistratura va doktorantura bitiruvchilariga moʻljallangan. BYD inson va ikki oyoqli robototexnika sohasidagi ishlanmalarga e’tibor qaratgan holda algoritmlar boʻyicha katta muhandislar, konstruktorlar va modellashtirish boʻyicha mutaxassislarni izlamoqda.

Foto: Ubtech Robotics

BYD tadqiqot guruhi allaqachon sanoat, mobil va gumanoid robotlarni oʻz ichiga olgan bir qator innovatsion robotlarni yaratdi. Kompaniya sanoat ishlab chiqarishiga sun’iy intellektni joriy etishni tezlashtirishga intiladi.

Kompaniyaning 30 yillik yubileyida BYD raisi sun’iy intellekt va innovatsiyalarga $13,73 milliard sarmoya kiritish rejalarini e’lon qildi. Sun’iy intellektning qoʻllanilishiga misollardan biri UBTech Robotics tomonidan ishlab chiqilgan va BYD zavodlarida joriy etilgan Walker S1 gumanoid robotidir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD ilk bor Fordʼni sotuvlar boʻyicha ortda qoldirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek