UzAuto Motors 19-dekabrdan boshlab Chevrolet Cobalt Gx-Style AT Plus va Chevrolet Cobalt Gx-Midnight AT modellari uchun qayta kontraktatsiya jarayonining boshlanishini ma’lum qildi. Bu jarayon avvalgi shartnomalar bo‘yicha belgilangan muddatlarda to‘lov amalga oshirilmagan hajmlarni qayta savdoga chiqarishni o‘z ichiga oladi.
Shartnoma tuzish imkoniyati 19-dekabr kuni soat 10:00 dan boshlab savdo.uzavtosanoat.uz onlayn platformasi va UzAvtosavdo mobil ilovasi orqali mavjud bo‘ladi.
Telegram-bot xizmatidan foydalanib, mavjud avtomobillar haqida ma’lumot olishingiz va navbatni kuzatishingiz mumkin. Shartnoma bo‘yicha to‘lov 7 kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi Cobalt avtomobilining narxi ma’lum bo‘lganini yozgan edi.