
«Real Madrid»ning braziliyalik futbolchisi Vinisius Junior Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) talqiniga koʻra 2024-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Shuningdek, yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini ham «Real Mardid» klubiga nasib qildi. Jamoaning italiyalik ustozi Karlo Anchelotti ortda qolayotgan yilning eng yaxshi murabbiyi boʻldi

Argentina va «Aston Villa» klubi darvozaboni Emiliano Martines FIFA tomonidan oʻtgan mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

«Manchester Yunayted»ning argentinalik yarim himoyachisi Alexandro Garnacho eng chiroyli gol uchun Pushkash sovriniga sazovor boʻldi.

FIFA talqiniga koʻra, oʻtgan mavsum ramziy jamoasidan quyidagi futbolchilar oʻrin oldi:
Darvozabonlar: Emiliano Martines;
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Antonio Ryudiger, Ruben Diash, Vilyam Saliba;
Yarimhimoyachilar: Rodri, Jud Bellinghem, Toni Kroos, Lamin Yamal;
Hujumchilar: Erling Holand, Vinisius.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abbosbek Fayzullayev 2024-yildagi Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani haqida xabar bergan edi.