Honda innovatsion dizaynli ikkita elektromobilni taqdim etdi

20-dekabr 2024 10:37 eʼlon qilindi

(20-dekabr 2024 13:58 yangilandi)
Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Foto: Honda

Yaponiyaning Honda kompaniyasi ikkita yangi elektromobilni Honda Zero platformasida taqdim etish sanasini e’lon qildi. Tizerga ko‘ra, original kuzov dizayni modellarning asosiy xususiyati bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, taqdimot 2025-yil Las Vegasda CES 2025 ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi. Kompaniya Zero platformasi robototexnika ishlanmalari va Formula-1 tajribasini birlashtirib, elektromobillarni yengilroq va zamonaviyroq qilishini ta’kidladi.

Honda kompaniya elektrik sedan va krossover avtomobillarni namoyish etdi. Deyarli bir yil oldin yapon kompaniyasi yangi avlod «batareyali» mashinalarning konsepsiyalarini – sedan va futuristik tashqi koʻrinishga ega minivenni namoyish etgan edi. Endilikda Honda kompaniyasi seriyaga yaqin prototiplar tasvirlangan tizerni e’lon qildi.

Hozircha avtomobillar narxi va sotuvga chiqish sanasi ma’lum qilinmadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kia yangi Syros krossoverini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek