Telegramda sun’iy intellekt yordamida stikerlarni qidirish imkoniyati joriy qilindi

21-dekabr 2024 13:21 eʼlon qilindi

(21-dekabr 2024 16:50 yangilandi)
Zohid Qurbonov

Zohid Qurbonov

Muxbir z.qurbonov@kursiv.media
Foto: Jakub Porzycki/NurPhoto via Getty Images

Dekabr oyining boshida Telegram platformasi sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda stikerlarni qidirish imkoniyatini ishga tushirdi. Endi so‘nggi 10 yil davomida platforma rassomlari tomonidan yaratilgan 40 mingdan ortiq stikerlarga maxsus qidiruv teglari qo‘shildi. Bu haqda Pavel Durov o‘z rasmiy kanalida ma’lum qildi.

Endi foydalanuvchilar 34 ta tilda bir nechta kalit so‘zdan foydalangan holda o‘zlariga kerakli stikerlarni osonlikcha topishlari mumkin.

Pavel Durovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ushbu qidiruv funksiyasidan faqat premium obunachilar emoji stikerlarini qidirish uchun foydalanishlari mumkin. Kelasi oyda bu imkoniyat yanada kengaytiriladi – boshqa foydalanuvchilar tomonidan yuklangan millionlab stikerlarni qidirish ham yo‘lga qo‘yiladi.

«Stikerlar Telegram messenjerini ajralib turadigan ko‘plab innovatsiyalardan biriga aylandi. Sun’iy intellekt asosidagi qidiruv tizimi ularni topishni avvalgiga qaraganda ancha osonlashtiradi», – deydi Telegram asoschisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegramda 15 mingta hamkorlik dasturi ishga tushirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek