Noqulay ob-havo sabab Termiz va Buxoroga qilingan parvozlar muqobil aeroportlarga yoʻnaltirildi
eʼlon qilindi
Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2023/04/0-1595418223-alena-post-material-1024x683.jpeg)
Noqulay ob-havo sabab Termiz va Buxoroga qilingan parvozlar muqobil aeroportlarga yoʻnaltirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Termiz xalqaro aeroportida tuman sababli Uzbekistan Airwaysʼning Moskva – Termiz yoʻnalishidagi reysi Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.
Shuningdek, Buxoro aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli Silk Avia aviakompaniyasining Toshkent – Buxoro yoʻnalishi boʻyicha US803 reysi Navoiydagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Istanbulda kutilayotgan kuchli boʻron sababli Turkish Airlines 38 ta parvozni bekor qilgani haqida xabar bergan edi.