Foto:Pexels.com
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlariga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Ikkinchi o‘qishda qonun loyihasi atroflicha muhokama qilindi.
Loyihada iste’molchilarga qarzdorlikni bartaraf etish imkoniyati yaratish maqsad qilingan. Chiqindi xizmati uchun qarzdorlik yuzasidan xabar beriladi. Besh kunlik muddatdan so‘ng qarzdorlikni bartaraf etmaganlarga cheklov qo‘yiladi. Elektr energiyasi to‘lovlarini qabul qilish vaqtincha to‘xtatiladi.
Maishiy chiqindilarni olib ketishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar javobgar bo‘ladi. Talablar buzilgan hollarda iste’molchiga yetkazilgan zarar qoplanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda ikki mingga yaqin noqonuniy chiqindixonalar aniqlangani haqida xabar bergan edi.