Boston Consulting Group (BCG) xalqaro konsalting kompaniyasi Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishning yangi strategiyasini ishlab chiqishga jalb etiladi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.
Mazkur tashabbus joriy yilning 12-dekabr kuni «Oʻzavtosanoat» boshqaruvi tomonidan ma’qullandi.
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi hujjat Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi koʻrib chiqiladi.
BCG 1963-yilda amerikalik tadbirkor Bryus Xenderson tomonidan asos solingan. Kompaniya McKinsey & Company va Bain & Company bilan birgalikda konsalting firmalarining «Katta uchligi» tarkibiga kiradi.
Eslatib oʻtamiz, BCG vakolatxonasi Oʻzbekistonda 2022-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan BCG’ning Oʻzbekiston banklari uchun yagona xizmat koʻrsatish tizimini yaratish niyati haqida xabar bergan edi.