Yangiliklar

Rossiya aka-uka Makulovlarni Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralariga beradi

O‘zbekistonda ularga nisbatan tovlamachilik va odam o‘g‘irlash jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan
Foto: Engin Akyurt / Unsplash

Ura.ru nashrining huquqni muhofaza qilish organlariga asoslanib xabar berishicha, Rossiyaning Kurgan shahrida oʻzbek diasporasining sobiq rahbari Otabek Makulov va uning ukasi Azizbek Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilinmoqda.

Oʻzbekistonda ularga nisbatan tovlamachilik va odam oʻgʻirlash jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. Rossiya huquq-tartibot organlari Otabek Makulovni joriy yilning sentabr oyida Kurgan shahrida qoʻlga olgan edi.

Bundan tashqari, avvalroq oʻzbekistonliklar ekstraditsiyaga qarshi chiqishgan. Biroq sud ularning shikoyatini qanoatlantirmay qoldirgan. Makulovlar hali bu qaror ustidan yuqori instansiyaga shikoyat qilishlari mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Komil Allamjonovga suiqasd qilishda ikki nafar Rossiya fuqarosi gumonlanayotgani haqida yozgan edi.