Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga Qozog‘istonning Oqtou shahri yaqinida «Ozarbayjon havo yo‘llari»ning yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oqtou shahri yaqinida samolyot halokatga uchragani haqida xabar bergan edi.