Yangiliklar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yilda mamlakat budjetidan 96 trillion soʻm oladi

18,5 trln so‘m Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi
Foto: Skorzewiak / Depositphotos

Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusi yilda mamlakat budjetidan 96 trillion soʻm oladi. Bu haqda Davlat budjeti haqidagi qonunda ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, ushbu mablagʻning 18,5 trln soʻmi Pensiya jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. Ta’lim kreditlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga esa 2,8 trln soʻm ajratilishi koʻzga tutilgan.

Shuningdek, vazirlik tomonidan 18,4 trln soʻmlik tartibga soluvchi transfertlar mahalliy budjetlar oʻrtasida taqsimlanadi. Qayta taqsimlanadigan mablagʻlar uchun – 15,1 trln soʻm.

Bundan tashqari, 2,5 trillion soʻm oʻzbekistonliklarni uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi. Rivojlanish dasturlari uchun esa 9,1 trln soʻm.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kelgusi yil oxiriga qadar Oʻzbekistonning davlat qarzi $45 mlrd.ga yetishi haqida yozgan edi.