Afg‘onistonda 1,6 mlrd so‘mlik tibbiy yordam: 1,3 mingdan ortiq fuqarolar ko‘rikdan o‘tkazildi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Tibbiy ko‘rik 2024-yilning 30-dekabrigacha davom etgan
Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari»

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ «Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlari» muassasasiga qarashli «Salomatlik» tibbiy-sanitar yordam poyezdi Afg‘onistonning Balx viloyatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Tibbiy ko‘rik 2024-yilning 30-dekabrigacha davom etgan. Ko‘rik davomida afg‘on fuqarolariga umumiy qiymati 1,6 milliard so‘mlik 50 turdagi dori-darmon va gigiyena vositalari tarqatildi.

Mazkur poyezd 15 turdagi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, 28 nafar tibbiyot xodimi va 5 nafar temir yo‘l mutaxassisi xizmat ko‘rsatmoqda.

Shifokorlar Afg‘onistonning turli hududlaridan kelgan 1,3 mingdan ortiq fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Ularning 576 nafari erkak, 464 nafari ayol va 273 nafari bola edi.

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari»

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan Afg‘oniston aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek