2025-yilda Turkiston jadidlik harakati asoschisi va atoqli adib xotirlanadi. Bu prezident qarorida belgilandi.
Qarorga muvofiq, keng qamrovli chora-tadbirlar dasturi amalga oshiriladi. Behbudiy asarlarining tanlangan to‘plami nashr etiladi. Shuningdek, u haqidagi ilmiy kitoblar chop qilinadi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida spektakllar va badiiy filmlar namoyish etiladi. Maktab va oliy o‘quv yurtlarida insholar tanlovi o‘tkaziladi. 2025-yil oktabr oyida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Noyabr oyida esa adabiy-ma’rifiy xotira kechasi tashkil etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qo‘qonda shoir Furqatning ramziy qabri barpo etilgani haqida xabar bergan edi.