Irina Sheyk moda jurnali muqovasidan joy oldi — foto

21-iyul 2026 16:57 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Irina Sheyk moda jurnali muqovasidan joy oldi
Foto: Irina Sheyk Instagram sahifasi

Rossiyalik supermodel Irina Sheyk Italiyaning d’la Repubblica moda jurnali uchun yangi fotosessiyada ishtirok etdi. Bu haqda model Instagramdagi rasmiy sahifasida e’lon qildi.

40 yoshli model nashr muqovasida Dolce & Gabbana obrazida namoyon bo‘ldi.

Mashhur brendlar liboslari tanlandi

Foto: Irina Sheyk Instagram sahifasi

Fotosessiya uchun uslublarni taniqli stilist Heyli Vollens tayyorlagan. Suratga olish jarayonida Chanel, Jean Paul Gaultier, Lanvin, Maison Alaïa, Stella McCartney, Sportmax va boshqa mashhur brendlar kolleksiyalaridan foydalanilgan.

Fotosessiya ortida taniqli ijodkorlar

Suratlar amerikalik fotograf Itan Jeyms Grin tomonidan olingan. Modelning grimi vizajist Kabuki, soch turmagi esa stilist Sonni Molina tomonidan tayyorlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Moskva moda haftaligida Maryam Tillayeva podiumga chiqqani haqida yozgandi.

Shuningdek